Shahobiddin Zoirovga Olimpiada finalida yutqazgan Misha Aloyan medalini qaytarib olmoqchi

  • 31.12.2016 10:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Rio Olimpiadasining boks musobaqalari finalida hamyurtimiz Shahobiddin Zoirovdan mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritgan rossiyalik Misha Aloyan bu sovrinidan ham quruq qoldi.
 
Sport arbitraj sudi (CAS) dekabr oyining boshida Aloyan taqiqlangan modda qabul qilganini va olimpiya kumush medali undan olib qo‘yilishini ma’lum qilgan edi. Misha Aloyan bu qaror yuzasidan apellyatsiya berdi.
 
- Apellyatsiya berildi, - deydi sportchining manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Artyom Patsev. - Natija qachon chiqishi noma’lum. Chunki Sport arbitraj sudi har doim ham tezkor ish yuritmaydi.
 
Misha Aloyanning doping tekshiruvlarida sportchi taqiqlangan tuaminogeptan moddasini iste’mol qilgani aniqlangan. Bokschining shaxsiy murabbiyi Eduard Kravtsovning aytishicha, Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanish jarayonida sportchi shamollab qolgan va mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanishiga ruxsat berilgan burun tomchilaridan foydalangan. Biroq, bu ish hujjatlashtirilmagani Aloyanga qimmatga tushmoqda. Bokschi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan terma jamoa shifokori Sergey Klyagin shug‘ullanishi kerak edi, degan fikrni ilgari surmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!