
"Shalke 04" etakchisini "Barselona"ga sotishga tayyor
"Shalke 04" klubi yarim himoyachisi Leon Goretska faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Mundo Deportivo nashri. Gelzenkirxenliklar 22 yoshli nemis futbolchisi bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi, biroq yozgi transferlar mavsumida uni qo‘yib yuborishga rozi.
Futbolchining agenti klub rahbariyatidan mijozini transferga qo‘yishga ruxsat olgan. Hozirda futbolchiga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning uchun 30 million evro to‘lashga tayyor. Skautlar Gorettskaning "Leyptsig"ga (2:0) qarshi Germaniya chempionati 1-turidagi o‘yinini kuzatishgan.
"Shalke 04" rahbariyati o‘z etakchisining kelasi mavsum erkin agent sifatida Bundesligadagi raqibi "Bavariya"ga o‘tishini istamayotir.
Fikrlar