“Shanxay SIPG” futbolchisi Turkiya klubi safiga ko‘chib o‘tdi

  • 6 iyul, 2017, 21:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gana terma jamoasi sardori Asamo Gyan faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Turkiya Super ligasi 15-o‘rinni olgan “Kayserispor” jamoasi safiga borib qo‘shildi.

Gyan turk klubi bilan ikk yillik bitim tuzdi. Qayd etib o‘tish joiz, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish haqida ham shartnomada aloxida band mavjud.

Transfer huquqi Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga tegishli bo‘lgan Gyan yakunlangan mavsumda BAAning “Al-Axli” jamoasida ijara asosida to‘p surdi.

Shunday qilib, ganalik hujumchi 5 yil deganda, Evropaga qaytadigan bo‘ldi. U so‘nggi bor Evropada “Sanderlend” safida to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!