BEPUL PROPAN

Shu yilning 24-25 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Qarshi shahridagi avvalgi “Nasaf” stadioni hududida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish majmuasi loyihasi bilan tanishdi. 

4,7 gektar maydonda qurilayotgan 25x11 metr o‘lchamdagi ikki suzish havzasi hududda suv sporti turlarini yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, kelajakda jahon va Olimpiya chempionlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Bu erda yaratiladigan zamonaviy sharoitlar barchaga manzur bo‘lishi muqarrar. Suvni tozalash, isitish, haroratni mo‘’tadil saqlash uskunalari o‘rnatiladigan basseynlar bu erga keluvchilarning suzish mahoratini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yoshlarimizning barkamol o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak, dedi Prezidentimiz. Shunda ular Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘ladi.


Manba:uza.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!