
"Shaxter" Fred uchun "Man. Siti"dan 70 mln talab qilmoqda
“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klubi “Shaxter” klubi yarim himoyachisi Fredning transferi haqida muzokaralar olib borishmoqda.
Angliya klublari braziliyalik xavbek uchun 60 million evro taklif qilishgan, biroq “konchilar” 25 yoshli futbolchi uchun 70 million talab qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, PSJ ham Fredga katta qiziqish bildirmoqda, ammo moliyaviy feyr-pley sababli jamoa o‘yinchi uchun 40 million evro taklif qilishgan.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Fred “Manchester Yunayted”ga o‘tishga yaqin turibdi va keyingi hafta tibbiy ko‘rigdan o‘tishi mumkin.
Fikrlar