Sher Mamazulunov TATNEFT kubogi turnirining yarim finaliga yo‘l oldi

CHERY AUTO

Rossiyaning Qozon shahridagi “Tatneft Arena”da TATNEFT kubogi uchun “TNA qoidalari bo‘yicha janglar”ning chorak final dastlabki bosqich janglari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Daniya, Ispaniya, Moldaviya, Gollandiya, Rossiya, Ruminiya va O‘zbekistondan sportchilar ringga chiqishdi. -70 kg, -80 kg va +80 kg vazn toifalarida ikkitadan jami oltita jang bo‘lib o‘tdi.

O‘rta vazn toifasida qiziqarli kechgan janglarning birida o‘zbekistonlik Sher Mamazulunov va rossiyalik Aleksandr Dmitrenko o‘zaro bellashdi. Unda Sher ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, bu ikki sportchi 2016 yil o‘tazilgan “TNA qoidalari bo‘yicha janglar”ning ham 1/4 finalida to‘qnash kelishgan. O‘shanda Dmitrenko g‘alaba qozongan, ammo o‘tgan yili Mamazulunov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. U finalda Dmitriy Menishikovni mag‘lub qilgan edi.

Endi Mamazulunov yarim finalda muay tay va kikboksing bo‘yicha ko‘p karra Ispaniya chempioni Viktor Monfort va moldovalik Konstantin Rus juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.


Ma’lumot uchun
: “TATNEFT kubogi uchun TNA qoidalari bo‘yicha janglar” – aralash jang san’atlari: kiokushinkay, muay-tay va kikboksingdir. Turnir qat’iy tasdiqlangan qoidalar asosida o‘tkaziladi. 3 vazn toifasida (
-70 kg, -80 kg va +80 kg) 48 sportchi ishtirok etadi. Kurash mavsumi 1/8 final, 1/4 final, yarim final va finaldan iborat. TNA bosh sovrini – chempionlik kamari, neft vishkasi ko‘rinishidagi kubok, pul mukofotiga ega bo‘lish uchun qatnashchilar barcha bosqichlarda zafar quchishlari kerak bo‘ladi. G‘alaba nokdaun yoki nokautdan so‘ng yoki to‘rtinchi qo‘shimcha raund yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!