
Shomurodovning jamoasi Ispaniyada kimlarga qarshi o‘ynaydi?
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi bugun o‘zining davralar oralig‘idagi 3-xorijiy yig‘inini o‘tkazish uchun Ispaniyaga jo‘nab ketadi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Rostov” u erda jami 4ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Valeriy Karpin shogirdlari dastlab 8 fevral kuni Shvetsiyaning “Estersund” klubiga qarshi maydonga tushishsa, keyin Norvegiyaning ikki klubi - “Volerenga” (12 fevral) hamda “Lillestr” (17 fevral) bilan o‘ynashadi.
Yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvi esa 18 fevral kuni Latviyaning “Ventspils” klubiga qarshi o‘tkaziladi.
Fikrlar