Shomurodovning ustozini iste’foga chiqarishdi
Belorusiyalik mutaxassis Leonid Kuchuk Rossiyaning “Rostov” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klubdagi yaqin manbaalarga tayanib TASS axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra shartnoma har ikkala tomonning roziligi bilan bekor qilingan. Biroq, bu borada klub tomonidan hozircha rasman bayonot berilmadi.
Ma’lumot uchun, 58 yoshli mutaxassis “Rostov” klubida joriy yilning iyun oyidan buyon faoliyat olib borayotgan edi. U boshqarayotgan jamoa esa Rossiya premer-ligasining o‘tgan 19ta tur yakunlariga ko‘ra 22 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham mavsumni “Rostov” klubida o‘tkazmoqda.

Fikrlar