Shota Arveladze "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

  • 24 oktabr, 2018, 14:41
  • 0
CHERY AUTO

Turning markaziy o‘yini shak-shubhasiz bu - Toshkent derbisi bo‘ladi. Unda "Bunyodkor" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan "sherlar" ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz chempionatda kurashni oxirigacha davom ettiramiz. Shu sababli qolgan o‘yinlarda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bizni hamisha qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga kurashda davom etayotganimizni namoyish etishni xohlaymiz. Ularga qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatib berishimiz darkor", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!