Shou: Ilk gol hamisha yodda qoladi
Avval xabar berganimizdek "Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou kecha APLning ilk turida “Lester”ga qarshi bahsda faoliyatidagi ilk golini urdi. 23 yoshli angliyalik futbolchi o‘yindan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu birinchi gol va u butun umr esada qoladi. Kimga urganim esa u qadar muhim emas. Bu butun faoliyatimdagi eng yoqimli tuyg‘u. Men mavsumlar oralig‘ida o‘z ustimda juda ko‘p ishladim. Bugun bundanda yaxshiroq o‘ynashim ham mumkin edi. Men aynan mana shuni bosh murabbiyga ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim”, - deydi Shou.
Fikrlar