
"Shtutgart" "Chelsi" sobiq futbolchisini ijaraga olmoqchi
Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Andre Shyurrle Bundesliganing boshqa bir jamoasi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.
Nemis OAVda “Keln”dan so‘ng unga “Shtutgart”dan ham qiziqish bo‘lganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, “Shtutgart” “Chelsi”ning sobiq futbolchisini yanvarda ijaraga olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Shyurrle bu mavsum Bundesligada 4 ta bahsda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar