"Shtutgart"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 09.10.2018 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Germaniyaning "Shtutgart" klubi o‘zining rasmiy saytida Markus Vayntsirlni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani haqida e’lon qildi.

Ta’kidlash kerakki, 43 yoshli mutaxassis ushbu lavozimdan iste’foga chiqarilgan Tayfun Korkutning o‘rnini egalladi. "Shtutgart" yangi bosh murabbiy bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Vayntsirl faoliyati davomida "Yan", "Augsburg" va "Shalke" klublarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, "Shtutgart" ayni damda 5 ochko bilan Bundesligada so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!