
Soaresh "Barselona"ga o‘tib, Serxio Robertoning "savobi"ni olishi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘ziga yangi himoyachi qidirishda davom etmoqda. The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha “ko‘k-anor ranglilar” Angliyaning “Sautgempton” klubi himoyachisi Sedrik Soareshni o‘z safiga qo‘shib olishlari mumkin.
Aytish kerakki “Barselona” hamon Dani Alveshning o‘rnini bosa oladigan himoyachi topa olishmayapti. Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra kataloniyaliklar yozgi transfer davrida 25 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olishga urinib qo‘rishadi.
Ma’lumot uchun, Soaresh ushbu mavsum “Sautgempton” tarkibida 21ta uchrashuvda ishtirok etgan va sheriklariga 1ta golli uzatma oshirishga muvoffaq bo‘lgan. Uning ingliz jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Roberto o‘ng qanot himoyasida o‘zini noqulay his qilayotganligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar