"So‘g‘diyona" futbolchisi Litva termasi safida Millatlar ligasida maydonga tushdi

  • 8 sentabr, 2018, 11:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha musobaqaning S Ligasida ishtirok etayotgan Litva terma jamoasi o‘z uyida Cerbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Vilnyusdagi  LFF stadionida kechgan bellashuv serblarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etdi.

Tecno

Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi futbolchisi Davidas Sernas Litva terma jamoasi safida mazkur uchrashuvda ishtirok etdi. 34 yoshli futbolchi kechagi o‘yinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Litva kelgusi o‘yinini 10 sentyabr kuni Marko Simich to‘p suradigan Chernogoriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!