
Son Xin Min 4ta uchrashuvda "Tottenxem"ga yordam berolmasligi mumkin
Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Son Xin Min Janubiy Koreya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
26 yoshli futbolchi terma jamoasi bilan birga Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadi. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Son 13 yanvar kuni APLning “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsidan so‘ng BAAga jo‘nab ketadi.
Agar, Janubiy Koreya musobaqaning final bosqichiga chiqsa Son Angliya liga kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi hamda premer-liganing «Fulxem», «Uotford» va «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar