Soyib Qurbonov mezbonlarning ishongan polvonini engdi
Bekmurod dastlabki uchrashuvda ukrainalik Oleksandr Romanyuk bilan bellashib, raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Biroq o‘zbek polvoni ikkinchi uchrashuvda ushbu turnirning amaldagi g‘olibi shvetsiyalik Martin Pashekka yutqazib qo‘ydi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan Tbilisidagi Gran-pri turnirining 100 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarida Bekmurod Oltiboev va Soyib Qurbonov ishtirok etmoqda.
Tajribali polvonimiz Soyib Qurbonov jahon chempionati sovrindori va Evropa kubogi musobaqasi g‘olibi - mezbonlarning ishongan dzyudochisi Onise Saneblidzeni ippon bahosi bilan engdi.
Endi Soyib Qurbonov rossiyalik Kazbek Zankishievga qarshi bellashuvda ishtirok etadi.

Fikrlar