Sport va pop-yulduzlari to‘qnashgan nuqta. Maykl Djordan va Maykl Djekson
1991 yilda Maykl Jekson o‘zining afsonaviy Dangerous albomini yozib tugatdi. Bir yarim yil o‘tar-o‘tmas teleprodyusser Fili Rouzning uyiga uning eski qadrdoni Devid tashrif buyurdi. Devid Nike, Apple, Pepsi va Mersedes-Benz kabi yirik kompaniyalar uchun qator reklama roliklarini tayyorlagandi. Endi unga Jeksonning jamoasidan taklif tushayotgan edi. Maykl o‘zining Jam qo‘shig‘i uchun Los-Andjelesda klip suratga olishni rejalashtirayotgan edi. Maykda tayinli reja bo‘lmasa-da, klipda kim rol o‘ynashi aniq edi...Ha, gap Maykl Jordani haqida.
Klipmeykerlar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishdi. Jordaninnig bo‘sh vaqtini topish mushkul edi. Shuningdek, o‘sha paytda, ya’ni 1992 yil aprel-may oylarida qoratanli taksichini o‘ldirib qo‘ygan politsiyachilar ishiga norozilik bildirib namoyishga chiqqanlar Los-Andjeles ko‘chalarida talaygina edi. Natijada, suratga olish ishlarini Chikagoga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Ammo Jordanin “tutib kelish” masalasi hali ham ochiq qolayotgan edi. “Maykl meni o‘z klipida raqsga tushishga undashini bilardim. G‘alati emasmi? Lekin Maykl bilan, aynan o‘sha Maykl Jekson bilan birga vaqt o‘tkazishga menda boshqa imkon bo‘lmasligini tushunib, rozi bo‘ldim”.

Oldinda yana bir muammo bor edi. Ikki afsonaviy Maykllarning Chikago ko‘chalarida suratga tushishi qanday shov-shuvga sabab bo‘lishini bir tasavvur qilib ko‘ringa!
Klipmeykelar ishni shahar janubidagi xaroba bir uyda olib borishga, mahalliy politsiya boshlig‘iga esa mayonez reklamasi uchun rolik tayyorlashlarini aytishga kelishib olishdi. Politsiyaga ko‘rsatilgan barcha hujjatlarda chindan ham mayonez firmasi to‘g‘risida gap borardi. Ammo vaqti kelib, to‘g‘risini aytish kerak...
Jekson bu erga katta avtobusda etib keldi. Tansoqchilar qurshovida uyga kirib ketmoqchi bo‘lgan yulduz politsiyaning nazaridan qochib qutula olmadi: “Jin ursin, axir bu Maykl Jekson-ku! Ko‘zlarimga ishonmayman. Ko‘proq politsiyachilarni jalb qilish kerak”.
Uch soatdan keyin o‘zining BMWsidan tushib kelayotgan Jordanini ko‘rgan politsiya boshlig‘i o‘zini tamomila yo‘qotib qo‘ydi: “E xudoyim, aqldan ozyapman, shekilli”.
Yarim soat o‘tar-o‘tmas, bu xaroba uyning oldida to‘plangan politsiyachilar to‘dasini ko‘rgan kishi “Hoynahoy bu erda asirlarni saqlashyaptiyov”, degan xayolga borishi hech gap emas edi.
Ichkarida esa... Jordani Jeksondan raqs saboqlarini olardi.Hammasi hech qanday stsenariyu tayyorgarliksiz borardi. Klip g‘oyasi juda oddiy: Jordani Jeksonga basketbol o‘ynashni o‘rgatadi, o‘z navbatida undan raqs harakatlarini o‘zlashtiradi. Jordani o‘zini kamera qarshisida risoladagidek tutar, pop-yulduz esa to‘p ortidan yugurishdan zavq olardi.
Suratga olish ishlari bir necha kun davom etdi, aniqrog‘i Maykl to‘satdan g‘oyib bo‘lib qolgunicha. Klipmeykerga Mayklning ozgina ushlanib qolishi haqida xabar berishganda u ko‘chada olinishi kerak bo‘lgan tasvirlar bilan shug‘ullanib turarmiz, deb qo‘ya qolgan edi. Kun bo‘yi Maykldan xabar bo‘lmagach, unga bog‘lanishga urinib ko‘rgan Devid, “ Jekson boshqa birov bilan uchrashuv belgilagan. Klin suratga olish kutib turadi”, degan javobni oldi. “Million dollarlik klipdan ham muhimroq yana qanaqa uchrashuv bo‘lishi mumkin?”. “Gap shundaki, uchrashuvni AQSh prezidenti belgilagan...”
Ha, bunaqa vaziyatda hatto million dollarlik klip ham kutib tura oladi...
Saodat Abduraxmanova tarjimasi
Manba: sports.ru

Fikrlar