"Stok Siti" hujumchisi naqd 2,5 yil deganda gol urishga erishdi
"Stok Siti" klubi hujumchisi Saydo Beraxino kecha "Xaddersfild"ga (2:0) qarshi Angliya liga kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z nomini nihot tabloga yozdirib qo‘ydi.
Nihoyat deyishga sabab bor. Chunki, 25 yoshli hujumchi naqd 2,5 yil deganda (913 kun) raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. Unga buning uchun 48ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, Beraxino o‘zining bundan oldingi golini 2016 yilda kiritgan edi. O‘shanda u "Vest Bromvich" sharafini himoya qilardi.
Fikrlar