Stol tennischilarimiz Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ochiq turnirda ishtirok etmoqda

CHERY AUTO

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi mas’ul xodimi Xusan NASRULLAEV “SPORTS.UZ” sayti uchun xabar qiladi:

Tecno

-Tailandda Xalqaro reyting ochkolarini beruvchi ochiq turnir start oldi. Musobaqalarda 17 ta davlatdan 224 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bellashuvlar 2 ta yosh toifasida o‘tishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston sharafini Olga Kim, Kamilla Xalikova, Gennadiy Levchenko, Islom Sultonov, Dilafro‘z Azimova kabi tennischilarimiz himoya qilmoqda. Bugun musobaqaning 2-kuni. Kecha 2 nafar sportchimiz raqiblarini dog‘da qoldirishdi. Ayni paytlarda Islom Sultonov Xitoy Taypeyi va Gennadiy Levchenko Singapur vakili bilan “hisob-kitob” qilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O‘zbekistonlik stol tennischilarining bunday nufuzli musobaqada ishtirok etishi bellashuvlar nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Tailand, Xitoy Taypeyi, Yaponiya, Singapur, Koreya, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlardan tashrif buyurgan Osiyo va Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, Osiyo va Jahon chempionati sovrindorlarining yakkalik, juftlik va aralash bahslarda qatnashishi musobaqaning keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini ko‘rsatib turibdi.

Musobaqalar 2 aprel kuni nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!