Stol tennisi. Vakillarimiz xalqaro musobaqada o‘zlarini ko‘rsatishdi

Stol tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 19 noyabr - 3 dekabr kunlari Moldovaning Dubosarri shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda xalqaro musobaqada ishtirok etishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ushbu xalqaro turnirda Ispaniya, Turkiya, Belarus, Ukraina, Rossiya kabi mamlakatlardan jami 250 nafarga yaqin sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Quvonarlisi, bahslarda qatnashgan bir necha sportchimiz yurtimizga medallar bilan qaytib kelishdi.

Moldovadagi musobaqada sovrindor bo‘lgan stol tennischilarimiz ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

O‘smirlar:

Shahzod Mamajonov (oltin)
Maqsud Rustamov (bronza)

Yoshlar:

Muhriddin Rajabov (oltin)
So‘g‘diyona Madalieva (kumush)
Rumiya Lutfulina (kumush)
Maqsud Nurpo‘latov (kumush)

Kattalar:

Husnoraxon Iminova (kumush)
Qutbidillo Teshaboev (kumush).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!