Raqib hech narsa qilolmadi! O‘ta og‘ir vazn toifasidagi jangda o‘zbek bokschisi finalga chiqdi
Jahon chempionligiga bir qadam qoldi
O‘zbekistonlik bokschi Islom Solih 90 kilogrammdan yuqori vazn toifasida ukrainalik raqibi Volodimir Derkach ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, Budva shahrida (Chernogoriya) o‘tkazilayotgan 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga yo‘l oldi.
Yarim final jangida Solihov raqibini hakamlar qarorihiga ko‘ra 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Barcha besh hakam uch raundning har birida o‘zbek bokschisining ustunligini qayd etdi — har raund 10:9 hisobida Islom foydasiga baholandi.
Ikkinchi raund esa Derkach uchun eng og‘ir bo‘ldi: ukrainalik bokschi bir bor nokdaunga tushdi.
Shu tariqa, Solihov endi jahon chempionilik unvoni va oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. U19 jahon chempionati final janglari 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 16 oktyabrdan buyon Budva shahrida o‘tkazilmoqda, unda 69 ta milliy federatsiyadan jami 474 nafar bokschi ishtirok etmoqda.
Izohlar (0)