Legionerimiz klubi chempion "Zenit"ni haqoratda aybladi va rasmiy uzr so'rashni talab qildi
Piterliklar xato qilib qo‘ydi
Makhachqal’adagi «Dinamo» klubi Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasidan Rossiya chempionati 12-turidagi o‘zaro uchrashuv oldidan e’lon qilingan epigramma matni uchun rasmiy uzr so‘rashni talab qildi.
Klub bayonotida aytilishicha, matnda ishlatilgan «soqollar tagigacha qirtishlangan» va shamol «papaxalarni uchirib yuborgan» degan jumlalar haqoratli, deb baholangan.
«Bu iboralarni biz mutlaqo maqbul emas, deb hisoblaymiz. Har bir so‘zning o‘z qiymati bor, ayniqsa uni mamlakatning eng yirik klublaridan biri ko‘p millionlik auditoriya oldida aytganda», — deyiladi Makhachqal’aning «Dinamo» klubi rasmiy murojaatida.
Keyinchalik «Zenit» ushbu epigramma matnini o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib tashladi.
«Zenit» — Makhachqal’adagi «Dinamo» uchrashuvi yakshanba, 25 oktyabr kuni «Gazprom Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
Rossiya chempionatida 11 turdan so‘ng musobaqa jadvalida 25 ochko to‘plagan Moskva «Dinamo»si peshqadamlik qilmoqda. Undan bir ochkoga orqada, 24 ball bilan, amaldagi chempion — Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi bormoqda.
Ispaniyalik mutaxassis Xuan Karsedo boshqaruvidagi «Spartak» yetakchidan ikki ochkoga ortda qolgan holda uchinchi pog‘onada joylashgan. CSKA esa kuchli to‘rttalikni yakunlab turibdi.
Makhachqal’aning «Dinamo» jamoasi hozircha 13 ochko bilan turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, makhachqal’aliklar tarkibida joriy chempionatda o‘zbekistondlik ligeoner Mahmud Mahamadjonov to‘p tepmoqda. Sentbyar oyida «Andijon»dan Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tgan 23 yoshli futbolchimiz «Dinamo» bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Makhachqal’a klubi tarkibiga o‘tganidan keyin asosiy tarkibdan muqim joy oldi va hozirgacha Premyer-liga va mamlakat kubogida oltita o‘yin o‘tkazdi.

Izohlar (0)