Sulsher APLda Xiddink o‘rnatgan rekordni yangiladi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher Angliya premer-ligasida ajoyib rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, “qizil iblislar” norvegiyalik mutaxassis qo‘l ostida APLda dastlabki 10ta o‘yinda 26 ochko to‘plashdi (8ta g‘alaba, 2ta durang).
Ta’kidlash kerakki, bungacha rekord Gus Xiddinkka tegishli edi. Gollandiyalik mutaxassis o‘zining “Chelsi”dagi dastlabki 10ta uchrashuvida 25 ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, MYu ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar