Sulsher "Lion" - PSJ o‘yiniga bordi

  • 04.02.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher kecha Frantsiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Lion" hamda PSJ klublari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita stadiondan turib kuzatib bordi.

Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis APLning “Lester”ga (1:0) qarshi o‘yini yakunlangach darxol Frantsiyaga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida aynan PSJga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 12 fevral kuni “Old Trafford”da, javob o‘yini esa 6 mart kuni “Park de Prens”Da bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Xayrulla Ahmadjonov
04/02/2019 19:50
Bu bratanga qoyil