Sulsher MYuda hech bir murabbiy qila olmagan ishni qildi

  • 27.12.2018 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor "Manchester Yunayted" kecha APLning 19-turida o‘z maydonida "Xaddersfild"ni 3:1 hisobida engdi. Ushbu g‘alaba Ule-Gunnar Sulsher uchun MYu boshqaruvidagi ketma-ket ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, o‘tgan tur norvegiyalik mutaxassisning debyut bahsida “qizil iblislar” safarda “Kardiff Siti”ni 5:1 hisobida taslim etishgan edi. E’tiborlisi, Sulsher “Manchester Yunayted”ga kelgach jamoasi dastlabki 2ta o‘yinda ham 3tadan kam gol urmagan ilk murabbiy bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sulsher o‘tgan hafta iste’foga chiqarilgan Joze Mourinoning o‘rniga tayinlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!