“Suonsi” “Kristal Pelas”ni, “Stok Siti” esa “Uotford”ni taslim qildi

  • 4 yanvar, 2017, 08:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya chempionati 20-turida “Kristal Pelas” jamoasi o‘z maydonida turnir autsayderi “Suonsi” bilan o‘zaro bahs olib bordi.

Murosasiz kechgan o‘yinda “oqqushlar” 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Mouson hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Uilfrid Zaa hisobni tenglashtirdi. Ammo 5 daqiqadan keyin Ranxel “Suonsi”ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Yana bir o‘yinda “Stok Siti” qiyinchiliksiz “Uotford”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Quyida natijalar bilan batafsil tanishing.

Kristal Pelas – Suonsi 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 42 Mouson, 1:1 – 83 Zaa, 1:2 – 88 Ranxel.

Kristal Pelas – Xennessi, Kelli (Match, 90), Tomkins, Dileyni, Uord, Ledli, Panchon, Taunsend (Sako, 53), Kabay, Zaa, Benteke (Kempbell, 46).

Suonsi – Fabianski, Noton, Fernandes, Mouson, Teylor (Ranxel, 71), Fulton (Fer, 69), Ki Son En, Kork, Rautlej (Dayer, 80), Lorente, Sigurdsson.

Ogohlantirishlar: Lorente (15), Kelli (77), Tomkins (90).


Stok Siti – Uotford 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 45 Shoukross, 2:0 – 49 Krauch.

Stok Siti – Grant, Djonson, Shoukross, Martins Indi, Diuf (Afellay, 68), Allen, Adam (Uelan, 84), Piters, Uolters, Krauch, Arnautovich.

Uotford – Gomes, Kabul, Predl (Folivi, 81), Britos, Kabasele, Gediura (Sinkleyr, 69), Bexrami (Igalo, 46), Kapu, Xolebas, Dukure, Dini.

Ogohlantirishlar: Diuf (19), Dukure (76), Kabasele (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!