"Suonsi" rahbariyati 48 soat ichida bosh murabbiy taqdirini hal qiladi

  • 27 dekabr, 2016, 23:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Suonsi" klubi rahbariyati jamoa bosh  murabbiyi Bob Bredli bilan xayrlashishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, Uels klubi rahbariyati 48 soat ichida amerikalik mutaxassisning taqdiriga oydinlik kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, Bredli 3 oktyabrda jamoani Franchesko Gvidolindan qabul qilib olgan edi. Shundan buyon,"Suonsi" 52 yoshli mutaxassis qo‘l ostida 11 o‘yinda atigi 2 g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etdi.   

Qayd etish joiz, "oqqushlar" ayni paytda Premer Liga turnir jadvalida 18 o‘yinda 12 ochko jamg‘argan holda, 19 o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!