
"Suonsi" va "Sautgempton" uchrashuvi g‘olibi 90 mln evro yutib olishi mumkin
Angliya premer-ligasining 37-turida musobaqa autsayderlari hisoblangan "Suonsi" va "Sautgempton" o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Qayd etish lozimki, mos ravishda 17- va 18-o‘rinlarda borayotgan ushbu jamoalar qarama-qarshiligida mag‘lubiyatga uchragan klub o‘z-o‘zidan APLni tark etadi. Kelgusi mavsumda esa premer-liganing har bir ishtirokchi jamoasiga 135 mln evro mukofot puli beriladi. Chempionshipda esa bu ko‘rsatgich biroz pastroq, ya’ni 45 mln evroni tashkil etadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu uchrashuv g‘olibi nafaqat kuchlilar safida qoladi, balki, o‘z g‘aznasini 90 mln evro bilan boyitish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, "Suonsi" va "Sautgempton" o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar