Superliga. “Lokomotiv” ochko yo‘qotdi

  • 9 mart, 2018, 21:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

“Lokomotiv” stadionida kechgan qarama-qarshilikda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastavval, 8-daqiqada Diyorjon Turopov o‘zining aniq zarbasi bilan gol kiritib, hisobni ochgan edi.

Biroq 75-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Pavel Purishkin bosh bilan zarba yo‘llab, Mamur Ikromov darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, amaldagi chempion – “Lokomotiv” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi.

O‘zbekiston Superligasi. 2-tur

"Lokomotiv" (Toshkent) - "Metallurg" (Bekobod) 1:1 #Tugadi

Gollar: Diyorjon Turopov (8) - Pavel Purishkin (75)

 

"Lokomotiv": 12.Ma’mur Ikromov, 4.Boburbek Yuldashev, 8.Sherzod Karimov (15.Sardor Mirzaev, 63), 14.Azizbek Omonov, 17.Salim Mustafoev, 18.Farhod Bekmurotov, 19.Husniddin G‘ofurov, 33.Oleg Zoteev (28.Shuhrat Muhammadiev, 57), 77.Diyorjon Turopov, 88.Igor Yelich, 99.Cho Suk Jae (10.Marat Bikmaev, 70)

Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikrom Aliboev, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 22.Sanjar Shoahmedov, 23.Idris Bikmaykin,

"Metallurg": 1.Zafar Safoev, 5.Abbos Otaxonov, 7.Suhrob Nurulloev, 8.Shahzod Shaymanov (91.Pavel Smolyacheno, 69), 15.Zohid Abdullaev (9.Zabixillo O‘rinboev, 46), 16.Jasur Hasanov, 37.Sherzod Fayziev, 55.Akbar Ismatullaev, 77.Muhammad Isaev, 88.Abror Husinov, 90.Zafar To‘raev (99.Pavel Purishkin, 74).

Zaxira: 31.Nikita Ribkin, 10.Islombek Isoqjonov, 17.Javohir Sohibov, 20.Dilyorbek Ermatov, 80.Saidjamol Davlatjonov, 97.Jamshid Yusupov.

Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov 45, Husniddin G‘ofurov 56, Igor Yelich 64, Zafar Safoev 90+3, Marat Bikmaev 90+4.

Chetlatish: Diyorjon Turopov 90 (2SK).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!