
Superliga ikkinchi bosqichiga qur’a tashlandi
Demak, dastlabki 5 turning taqvimi shunday ko‘rinish oldi:
23-tur
«Navbahor» - «Paxtakor»
«Metallurg» - «Lokomotiv»
«Bunyodkor» - «Buxoro»
24-tur
«Navbahor» - «Metallurg»
«Lokomotiv» - «Bunyodkor»
«Paxtakor» - «Buxoro»
25-tur
«Bunyodkor» - «Navbahor»
«Metallurg» - «Paxtakor»
«Buxoro» - «Lokomotiv»
26-tur
«Navbahor» - «Buxoro»
«Metallurg» - «Bunyodkor»
«Paxtakor» - «Lokomotiv»
27-tur
«Buxoro» - «Metallurg»
«Lokomotiv» - «Navbahor»
«Bunyodkor» - «Paxtakor»
- Yuqori oltilik uchun Ektor Kuper va Omon G‘ofurov qur’a tashlaydigan bo‘ldi
- Ektor Kuper PFLning "Feyr-pley" sovrinini "Nasaf" klubiga topshirdi
23-tur. Quyi oltilik
AGMK – “Neftchi”
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf”
“So‘g‘diyona” – “Qizilqum”
24-tur
AGMK – “So‘g‘diyona”
“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912”
“Neftchi” – “Nasaf”
25-tur
“Qo‘qon-1912 – AGMK
“So‘g‘diyona” – “Neftchi”
“Nasaf” – “Qizilqum”
26-tur
AGMK – “Nasaf”
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912”
“Neftchi” – “Qizilqum”
27-tur
“Nasaf” – “So‘g‘diyona”
“Qizilqum” – AGMK
“Qo‘qon-1912” – “Neftchi”.
- Chempion nomi muddatidan avval ma’lum bo‘lsa, keyingi turda ularga qarshi o‘ynaydigan jamoa chempionlarga chempionlik yo‘lagi tashkil etib berishi borasida kelishib olindi
- 32-tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanadi. Istison ham bor albatta...
- "Sport" kanaliga qulay bo‘lishi uchun "Qizilqum" va "Buxoro", shuningdek Vodiy jamoalari turli kunlarda o‘ynashi uchun alohida savatga ajratildi. Toshkent jamoalari ham shular jumlasidan
- Savatlarni aniqlash uchun "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov va klub sardori Shukurali Po‘latovlar taklif etildi
- Diyor Imomxo‘jaev so‘z oldi va oltin ochko qoidasining afzalliklarini sanab o‘tmoqda
- Sahnada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sattor Islomov o‘z hunarlarini ishga solib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyt ulashdi
- Ortda qolgan 22-tur bahslari bo‘yicha eng ko‘p muxlis to‘plagan "Navbahor" muxlislar vakili Mubashsher Domlajonov sahnaga taklif etilib, unga PFLning maxsus sovg‘asi topshirildi
- Qur’a tashlash marosimidagi dastlabki yangilik. O‘FA yil boshida qabul qilgan Relamentga yana o‘zgartirish kiritibdi. Ya’ni yoshlar ligasi jamoalari asosiy tarkiblari bilan birgalikda o‘yinlarni o‘tkazadigan bo‘libdi.
- Sahnaga Pepsi savdo belgisi vakili Alisher Samatov taklif etildi va u Superliga bilan bog‘liq hamkorlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi
Yoshlar ligasi peshqadami "Paxtakor" jamoasi ustozi J. Abduraimovga maxsus sovg‘a topshirildi
- PFL Sport bo‘limi boshlig‘i Bahodir Mirzaev Superliganing muxlislar tashrifi borasidagi fikrlarini bildirmoqda
- PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev yoshlar ligasining davomi borasida ma’lumot berdi.
O‘yindan bir kun oldin Yoshlar ligasi, keyin asosiy tarkib jamoalari o‘ynaydi. Yoshlar ligasida jamoalar dastlabki ikki davrada necha ochko yig‘gan bo‘lsa, shu ochkolarni saqlab qoladigan bo‘ldi.
Omon G‘ofurov (PFL bosh direktori): Bu yil futbolimizda ko‘plab o‘zgarishlar, islohotlar qilinmoqda. Chempionatimiz ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. Jamoalar bizga shiddatli o‘yinlar taqdim etishmoqda. Umid qilamiz, ikkinchi bosqich yanada qiziqarli tarzda kechadi
- Qur’a tashlash marosimini sharhlovchi Nodir Abduqodirov olib bormoqda
- Marosim boshlanmoqda
Bugungi qur’a tashlash marosimiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Ektor Kuper ham tashrif buyurdi
Hikmat Ergashev ("Bunyodkor" murabbiyi): Mirjalol Qosimov ancha yaxshi bo‘lib qoldi. Jamoamizda o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Shuhrat Rahmonqulov ("Qo‘qon-1912" murabbiyi): Birinchi bosqichda bizga biroz omad etishmadi , natijada kuchli oltilikka kira olmadik. Tarkibimizda bir qator yosh, iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Javohir Sidiqov, Muhammadanas Hasanov kabi futbolchilar , keyingi bosqichda ham o‘zlarini ko‘rsatishadi.
Jamoamiz 2-bosqichga yaxshi tayyorgarlik olib bormoqda. Maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilish
Fevzi Davletov ("Metallurg" murabbiyi): Bizda bu yil qo‘llanilayotgan format Qozog‘istonda bir necha yillar muqaddam qo‘llangan edi. Men o‘shanda futbolchi sifatida Qozog‘istonda to‘p surgandim. Bu formatning afzallik jihatlaridan biri har bitta o‘yinning final singari murosasiz o‘tishidadir. Ammo uning bizning futbolimizga qanchalik foyda bergan bermaganligini mavsum yakunida bilib olamiz.
Baxtiyor Ashurmatov: (AGMK bosh murabbiyi): Ikkinchi oltilikdagi jamoalar ham juda kuchli. "Nasaf", "Qizilqum", "Qo‘qon-1912" kabilarni misol qilishim mumkin. Quyi oltilikni imkon qadar yuqori o‘rin olishga intilamiz.
Ro‘ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi): Futbolchilarimiz klubni tark etmaganida, biz kuchli oltilikka kirgan bo‘lar edik
- Bugun "Bunyodkor" nomidan yordamchi murabbiy Hikmat Ergashev ishtirok etadi. Mirjalol Qosimov mashg‘ulotlarda jarohat olgani aytilgan edi
- Bugun Superligadagi 12 klub bosh murabbiylari va ularning sardorlari ishtirok etishadi
- Marosim vaqti o‘zgarganiga O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper sabab bo‘lgan ekan. Kuper bugungi jarayonda ishtirok etishni istagani ma’lum bo‘ldi va shu bois, marosim 20:00 da emas, 22:00 da boshlanmoqda
- Jarayonni boshlash uchun barcha narsa shay
Fikrlar