Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston chempionatidan fotoreportaj

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

  Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida o‘smirlar o‘rtasida taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 300 nafardan oshiq sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi kunida 10 vazn toifasida (4 ta qizlar va 6 ta o‘g‘il bolalar) g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

  G‘oliblar safida Amirbek To‘raev (-45 kg.), Ulug‘bek Rashidov (-48 kg.), Diyorbek To‘xliboev (-55 kg.), Jasurbek Jaysunov (-63 kg.), Muhamadjon Yoqubov (-73 kg.), Shahzodbek Abduakimov (-78 kg.), Ruxshona Amonova (-42 kg.),  Nafosat Toshtemirova (-46 kg.), Ozoda Sobirjonova (-52 kg.), Altinoy Qalbaeva (-59 kg.) lar bor.

  Bugun chempionatning so‘nggi kuni.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!