Taniqli mutaxassis Filippin terma jamoasida ish boshladi
Shvetsiyalik mashhur mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
FIFA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra filippinliklar 70 yoshli murabbiy bilan 1,5 yillik shartnoma imzolashgan. Ta’kidlash kerakki, Filippin terma jamoasini Osiyo kubogiga aynan Eriksson olib boradi.
Ma’lumot uchun, Eriksson faoliyati davomida Angliya, Meksika va Kot-d’Ivuar kabi mashhur terma jamoalarni boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi esa "Shenchjen" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar