Tayson Fyuri iyunda yana ringga qaytadi

  • 15.04.2018 03:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 9 iyun kuni yana professional ringga qaytishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi BBC nashri. Yana faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan britaniyalik bokschi Manchesterda ringga chiqishi kerak. Hozirda uning raqibi kim bo‘lishi ma’lum qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli bokschi so‘nggi marta 2015 yili Vladimir Klichkoga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozongan edi. 2016 yili sportchi doping nazoratidan o‘ta olmagan va ikki yilga boksdan diskvalifikatsiya qilingan. Ayni damda uning litsenziyasi tiklangan.

Fyuri faoliyati davomida 25 jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan va shulardan 18 tasida nokaut qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!