Tayson Fyuri tajribali Freddi Rouchni jamoasiga taklif qildi

  • 15.11.2018 13:02
  • 0
  • Boks

Super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri jamoasiga tajribali murabbiy Freddi Rouchni taklif etishga qaror qildi.

Biz Gollivuddagi Freddining sport zalida shug‘ullanayapmiz, – deydi Fyuri. – Freddining tajribasi bizga juda foydali bo‘ladi. U yaxshi maslahatlar beradi. U juda ochiqko‘ngil inson, shuning uchun uni jamoaga taklif qilishga qaror qildim va bizga yordam bera olishini bildim. Freddi bizga kerakli barcha narsalarni biladi. Bizga aqlli va tajribali kishilarning maslahatlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bokschi amakisi va murabbiyi Piter Fyuri bilan munosabatlari ortga ketib, hamkorlikni cheklagan edi. Shuning uchun Tayson Fyuri so‘nggi ikkita jangiga 26 yoshli Ben Deyvison qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rgan. Yaqinda Fyuri jamoasidan uning otasi Jon Fyuri AQShga viza berilmagani uchun jamoani tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!