Tbilisi Gran-prisiga qar’a tashlandi

  • 29 mart, 2018, 17:30
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ertaga Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi start oladi. 38 mamlakatdan 300 dan ziyod sportchilar ishtirok etadigan mazkur musobaqada vakillarimiz ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Turnir reglamentiga muvofiq, bugun musobaqada oldidan matbuot-anjumani, undan so‘ng barcha vazn toifalari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, eng engil vazn toifasida kurashadigan vakilimiz Doniyor Sultonboev ilk bahsni armanistonlik Vaxagn Xovsepyanga qarshi o‘tkazsa, -66 kg vazn toifasida Tunis Gran-prisi g‘olibi Shahram Ahadov musobaqani mezbon dzyudochi Zviad Xubulurga qarshi kechadigan bahs bilan boshlaydi. -73 kg vaznda G‘iyosjon Boboev ikkinchi davrada qirg‘izistonlik Adilet Ganievni sinovdan o‘tkazadi. Qur’a 81 va 90 kg.gacha bo‘lgan vazn toifalaridagi polvonlarimizga ilk bosqichda kiprlik raqiblarni ro‘baro qildi. Sharofiddin Boltaboev Fedias Konnaris bilan, Shermahummad Jandreev esa Georgios Kroussaniotakis bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!