Terri "Aston Villa"da faqat bir shart bilan qolishga rozi

  • 25.05.2018 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Aston Villa" klubi himoyachisi Jon Terri faqat bir shart bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga rozi.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli futbolchi agar jamoasi APLga chiqadigan bo‘lsa, u holda “Chelsi”ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etmaslikka ruhsat berishlarini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Terri asli “aristokratlar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 1998-2017 yillarda aynan “Chelsi” sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, “Aston Villa” APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun pley-offda “Fulxem”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!