Tez orada to‘y: Ronaldu farzandining onasiga yozda uylanadi (FOTO)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh–2018 turniridan keyin ispaniyalik model Jorjina Rodrigesga uylanadi. Bu haqda Hola nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘y marosimi avgust oyida, Ronaldu JCh–2018 turniridan keyin ta’tilga chiqqanida bo‘ladi. Bir necha kun avval, aniqrog‘i 12 noyabr kuni Jorjina Rodriges va 32 yoshli futbolchining qiz farzandi – Alana Martina dunyoga keldi.

Ronaldu, shuningdek, surrogat onalardan dunyoga kelgan uch bolaning otasi – 7 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu hamda shu yilning iyun oyida tug‘ilgan egizaklar Eva va Matoening otasi sanaladi.

Qayd etish kerakki, sentabr oyida Jorjina yo‘ldoshi Ronaldu tomonidan sovg‘a qilingani taxmin qilinayotgan uzuk bilan OAV e’tiborini o‘ziga tortgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!