Tezkor xabar: Bahodir Pardaev va San’at Shixov «Neftchi» klubiga yo‘l oladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Biroz avval xabar berganimizdek, «Buxoro» klubida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Shu kunga qadar buxoroliklarga ustozlik qilayotgan Jamshid Saidov va jamoadagi maslahatchi murabbiy Tachmurad Agamurodovlar o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Shuningdek, jamoa tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. O‘tgan yilni "Buxoro”da o‘tkazgan jamoa etakchilari katta ehtimol bilan klubni tark etishlari ham mumkin.

SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsumni «Buxoro» tarkibida harakat qilgan Bahodir Pardaev va San’at Shixov navbatdagi mavsumni Farg‘onaning «Neftchi» klubi tarkibida boshlashi mumkin.

Biroq yuqoridagi ma’lumotlar rasmiy manbalar tomonidan e’lon qilinmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!