Tezkor xabar: Kievning "Dinamo"si yana "Nasaf" vakiliga taklif bilan chiqdi
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsum yakunida "Nasaf"ning iste’dodli yarim himoyachisi Aziz G‘anievga Rossiya va Ukraina klublari qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edik. Xususan Sankt-Piterburgning "Zenit", Kievning Dinamo hamda Donetskning "Shaxtyor" jamoalari ushbu futbolchimizni tarkibida ko‘rish istagini bildirishgan.
Mavzuga doir:

SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, kievliklar yana Aziz G‘anievni tarkibiga qo‘shib olish fikrida qolgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ular futbolchi uchun "Nasaf"ga rasmiy taklif bilan chiqishgan.
Agarda jamoalar o‘zaro kelishuvga erisha olsa iste’dodli yarim himoyachi faoliyatini Ukrainada davom ettirishi mumkin.


Fikrlar