Tezkor xabar. Oliy liga klubi angliyalik yarim himoyachi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstraliya chempionatining “Pert Glori” klubi a’zosi Rostin Griffits faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli yarim himoyachi Oliy liganing top klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. "Glori" jamoasi sardori klubni tark etgach, maydon markazida jiddiy muammolarga duch kelmaslik uchun o‘z saflariga boshqa bir yarim himoyachini qo‘shib olgan.

Biroq Griffitsni milliy chempionatimizning qaysi jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Uning hozirgi klubidagi maoshi 600 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, kelib chiqishi asli angliyalik bo‘lgan ushbu yarim himoyachi faoliyatini “Blekbern Rovers” jamoasida boshlagan. So‘ngra, Shotlandiyaning “Gretna”, Angliyaning yana bir jamoasi  “Akkrington Stenli”,  Gollandiyaning “Roda”,  Avstraliyaning “Adelaida Yunayted”, “Sentral Kost Mariners”, “Nort Kvinslend Furi” va “Pert Glori” jamoalarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!