
"The Best" taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Mazkur sahifa orqali esa jarayonni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniga egasiz.
- Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Sizlar bilan yaqin ikki soat davomida Shahzod Xolboev birga bo‘ldi. Kuzatib borganingiz uchun tashakkur!
- Ronaldu va Messi erasi tugadi: "The Best" Luka Modrichga nasib etdi
- Dahshat! Luka Modrich yilning eng yaxshi futbolchisi! U Saloh va Ronalduni ortda qoldirdi
- Navbat so‘nggi nomigatsiyaga! Yil futbolchisi! Sahnada FIFA prezidenti Janni Infantino
- G‘olib braziliyalik Marta!
- Navbat ayollar futbolidagi yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashga etib keldi
- De Xea - Dani Alves, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselo - Luka Modrich, N'Golo Kante, Eden Azar - Lionel Messi, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu.
- FIFA yil ramziy jamoasini e’lon qildi
- Bir vaqtlar O‘zbekiston ko‘lga kiritgan Fair Play mukofoti bu yil Lennartga nasib etdi. U leykemiyaga chalinganlar uchun qon topshirib, donorlik qilishi natijasida PSVning "Venlo"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi
- Navbatdagi nominatsiya - FIFA Fair Play mukofot G‘olibini Paolo Maldini va Perluidji Kollina e’lon qiladi.
- Perulik muxlislar eng yaxshi muxlislar deb topildi. Ular Rossiya mundialida o‘z jamoalarin qo‘llab-quvvatlash uchun bor-budlarini sotib, rus erlariga kelishgan edi.
- G‘olibni saudiyalik sobiq futbolchi Sami al-Jobir va top-model aniqlab beradi
- Keyingi nominatsiya yilning eng yaxshi muxlislari nominatsiyasi
- Musiqiy tanaffus e’lon qilindi
- G‘olib Reynold Pedros! "Lion" ayollar jamoasida ishlaydigan erkak mutaxassis. U Yaponiya va Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiylarini ortda qoldirdi
- Navbat ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiyni aniqlashga
- vaaa Tibo Kurtua g‘olib deb topildi!
- Nomzodlar Kasper Shmeyxel, Ugo Loris va Tibo Kurtua
- keyingi nominatsiya - yilning eng yaxshi darvozaboni kim ekanligini Edvin van der Sar va "Shapokoense" darvozaboni Folmanlar e’lon qilishadi
- va Frantsiyani jahon chempioni qilgan Dide Desham yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U bu borada Zlatko Dalich va Zinedin Zidanlarni ortda qoldirdi.
- G‘olibni Arsen Venger taqdirlaydi
- Keyingi nominatsiya erkaklar futbolida yilning eng yaxshi murabbiyi
- Muhammad Saloh yilning eng chiroyli goli muallifi deb topildi
- Dide Drogba g‘olibni aniqlab beradi
- Demak, dastlabki nominatsiya e’lon qilindi. Pushkash mukofoti
- JCh-2018 ni yodga olamiz. Mundialning eng yorqin lahzalari aks etgan lavha namoyish etildi
- Shou dasturi start oldi. Biroz rep eshitamiz))
- Nihoyat, marosim boshlandi!
- Ronaldino o‘z uslubida
- Eslatib o‘tamiz, bugun
* Yil ramziy jamoasi
* Fair Play sovrini
* Eng yaxshi muxlislar
* Eng chiroyli gol muallifi uchun Ferents Pushkash nomidagi mukofot
* Eng yaxshi darvozabon
* Erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiylar
* Erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi futbolchilar taqdirlanadi
- Bugungi kechaning asosiy qahramoni bo‘lishi kutilayotgan Luka Modrich
- Rossiyani yana katta sahnaga olib chiqqan Stanislav Cherchesov ham shu erda
- Saloh ham shu erda
- Maktab uchun yangi kostyum olganingda))
- Ballak: Modrich, Ronaldu yoki Saloh? Kuchlisi olsin!
- Martabali mehmonlar yashil va qizil yo‘lakdan birma-bir yurib kelishmoqda
- Eden Azar juda ham "modniy" ekanmi?
Fikrlar