Tiago Motta: Mbappedek futbolchini avval hech kim ko‘rmagan
Italiyalik sobi futbolchi Tiago Motta PSJ forvardi Kilian Mbappeni "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan ustun qo‘ydi.
“Mbappeni yoshida shunday futbolchini qachondir ko‘rganmisiz? Hech qachon...Men u bilan “Monako”dagi qisqa muddatli faoliyatim davomida uni kuzatganman. Uning o‘tgan mavsum "Park de Prens"da ko‘rsatgan o‘yini esa meni hayratga soldi. Men uni birinchi ko‘rishdayoq boshqacha ekanligini sezganman.
19 yoshidayoq barchani o‘ziga qaratgan ushbu futbolchini buyuk kelajak kutmoqda”, - deydi Motta.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 18 yoshidayoq PSJga 180 mln evroga transfer qilingan edi.
Fikrlar