Tiago Silva: "Liverpul"ga qarshi o‘yin biz uchun hal qiluvchi bahs bo‘ladi

  • 27.11.2018 00:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi himoyachisi Tiago Silva UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Liverpul”ni mag‘lub etishimiz uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Bunday jamoaga qarshi o‘rtacha o‘ynash kamlik qiladi. “Liverpul” – yuqori saviyadagi jamoa.

Bu biz uchun hal qiluvchi bahs bo‘ladi. Shu bois ushbu o‘yinni nafaqat yurak bilan, balki aql bilan ham o‘ynash kerak. Har ikkala jamoa ham yuqori sifatlarga ega va shu bois ham arzimagan xato katta muammolarga olib kelishi mumkin. O‘yin bizning stadionimizda, muxlislarimiz qarshisida o‘tishi bizni yanada ruhlantiradi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ – “Liverpul” uchrashuvi 28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!