Tokio Olimpiadasi dasturiga qo‘shimcha musobaqalar kiritiladi

CHERY AUTO

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlariga 16 yangi sport bellashuvlarini dasturga kiritmoqchi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Tecno

Tokio Olimpiadasi dasturiga quyidagi bellashuvlar kiritiladi: 4x400 metrga aralash estafeta (engil atletika); dzyudo va kamondan o‘q uzish bo‘yicha jamoaviy aralash bellashuvlar; 3x3 formatda erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida basketbol musobaqalari; stol tennisi bo‘yicha mikst musobaqalari; erkaklar va ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy musobaqalar; triatlon bo‘yicha aralash estafeta; suzish bo‘yicha 4x100 metrga estafeta; erkaklar o‘rtasida 800 metrga va ayollar o‘rtasida 1500 metrga suzish musobaqalari; erkaklar va ayollar o‘rtasida BMX fristayl bo‘yicha musobaqalar; erkaklar va ayollar o‘rtasida medison velotrek.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!