Tomas Myuller bugun Germaniya terma jamoasi safida yubiley uchrashuvini o‘tkazishi mumkin

  • 19.11.2018 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi forvardi Tomas Myuller bugun o‘zining Bundestim safidagi yubiley uchrashuvini o‘tkazishi mumkin.

Gap shundaki, agar 29 yoshli futbolchi bugun UEFA Millatlar ligasi doirasida Gollandiyaga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etsa, bu uning uchun Germaniya terma jamoasidagi yubiley 100-o‘yin sifatida tarixga kiradi.

Ma’lumot uchun, Myuller bungacha o‘tgan 99ta bahsda o‘z hisobiga 38ta gol hamda 36ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!