
Tomas Myullerning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi
Germaniya chempioni – “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller bosh barmog‘idan olgan jarohati tufayli jarroh stoliga yotishga majbur bo‘ldi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi operatsiya qilindi va u muvaffaqiyatli yakun topdi. Mazkur jarohat germaniyalik forvardni mavsum davomida bezovta qilib kelgandi.
Tomas Myuller ayni vaqtda tiklanish jarayonini boshlab yuborgan. Uning tez orada mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar