
Toni Fergyuson: UFC menga kamardan mahrum etilganim haqida hech nima degani yo‘q
UFC sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson jarohatidan tiklanganidan so‘ng engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilishini xohlayotganini aytib o‘tdi.
- Mutaxassilar mening tiklanishim 3dan 6 oygacha vaqt talab qilishini aytib o‘tishgandi. Xabibning qaytishiga qadar men ham tiklanishni rejalashtiryapman. O‘ylashimcha, noyabr oyida men tayyor bo‘laman.
UFC meni chempionlik kamaridan mahrum qilganini aytib o‘tdi, biroq mening jamoamga bu haqida hech qanday ma’lumot berilgani yo‘q. Xabib esa engil vazn toifasida yagona chempiondir. Umid qilamanki, biz uchun jang tashkil etiladi.
Bilasizmi, men pulli eshitirshlardan mahrum bo‘lganimdan so‘ng ko‘p mablag‘ yuqotdim, katta maoshdan ham quruq qoldim. UFC menga kamarimni qaytarib berishli kerak, yoki ushbu kamar uchun men jang qilish darkor, - deya Tonining so‘zlarini keltiradi BJ PENN nashri.
Ma’lumot uchun, Fergyuson aprel oyida engil vazn chempionlik kamari uchun oktagonga chiqishi kerak edi, biroq bahsga 6 kun qolganiga jarohati sababli uchrashuvda ishtirok etolmadi. Xabib esa El Yakvintani mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar