
To‘purar Ramos
Kecha Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida "Jirona"dan ustun keldi - 4:2. Mazkur o‘yin qahramoni shubhasiz Serxio Ramos bo‘ldi.
U penaltidan "panenka" usulida foydalandi, qolaversa, bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi.
Ma’lumot uchun, joriy yigi mavsumda Ramos 7 bor 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirdi va ularning barchasini golga aylantirdi.
Fikrlar