Toshkent shahar spartakiadasi startga chiqdi (foto)
Joriy yilning 1-18 noyabr kunlari poytaxtimizda Toshkent shahar spartakiadasi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Mursakulov musobaqa oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Toshkent shahrida hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda poytaxt yoshlar terma jamoasini shakllantirish maqsadida bu xayrli ishga qo‘l urildi.
Sportning 18 turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan shahar spartakiadasida 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etadi. Spartakiada 12 ta sport majmuida o‘tkaziladi. Musobaqalarda 2211 nafar sportchi-yoshlarning ishtiroki kutilmoqda. G‘olib va sovrindorlar 664 medallar uchun bahs olib boradi.
.jpg?1541066411948)
.jpg?1541066420648)
.jpg?1541066427872)
.jpg?1541066435304)
.jpg?1541066442270)
.jpg?1541066448624)

Fikrlar