
Toshkentda Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro shaxmat turniri nihoyasiga etdi (foto)
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” an’anaviy xalqaro turniri nihoyasiga etdi.
Markaziy Osiyodan etishib chiqqan birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” xalqaro turniri 2007 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Bugun musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanadan olingan fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz:
P.S. Shaxmat turniri g‘olib va sovrindorlari ro‘yxatini navbatdagi chiqishlarimizda e’lon qilamiz.
Fikrlar